Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegramdagi kanalida turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan muzokara oʻtkazish uchun Turkiyaga kelganini ma'lum qildi.
«Biz Turkiyada tigʻiz kunni yakunlaymiz. Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi», — deb yozdi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, prezidentlar NATOning Vilnyusda boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan tomonlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, don bitimi va korxonalar oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.
Erdoʻgʻon Zelenskiydan soʻng tez orada RF prezidenti Putin bilan uchrashishi mumkin.
Sababi avvalroq Erdoʻgʻon rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Istanbulda boʻlib oʻtadigan turk-ukrain muzokara natijalarini muhokama qilmoqchiligini ma'lum qilgandi.