17:39 / 10.07.2023
463

Prigojin “Vagner” isyonidan keyin Kremlda Putin bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi

Foto: “TASS”

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘zi uyushtirgan harbiy isyondan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Fransiyaning Liberation gazetasi G‘arb razvedkasidagi manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, Prigojin 1-iyul kuni Kremlga chaqirilgan. U yerda u nafaqat Putin bilan, balki Rossiya gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov va Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan ham uchrashgan. Gazetaning yozishicha, Prigojinga “Vagner” komandirlari hamrohlik qilgan.

Nashr ushbu uchrashuvning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.

Kreml ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, uchrashuv haqiqatan bo‘lgan, faqat 1-iyulda emas, isyondan besh kun o‘tib, 29-iyunda.

“Uchrashuv taxminan 3 soat davom etdi, unda ‘Vagner’ otryadlari komandirlari ham ishtirok etdi, jami 35 kishi. Prezident bo‘lib o‘tgan voqealarga o‘z bahosini berdi va ‘Vagner’ vakillariga ishga joylashish imkoniyatlarini taklif qildi”, — deyiladi Peskovning izohida.

23-iyun kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin harbiy isyon e’lon qildi, bu bir kun davom etdi. Isyonchilar Rossiya poytaxti tomonga bir necha yuz kilometr yurdi, ammo 24-iyun kuni kechqurun Prigojin ortga qaytishni ma’lum qildi.

Bu qaror Prigojin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan, unda Prigojindan “Belarusga ketish” so‘ralgan.

6-iyul kuni Lukashenko Prigojin Belarus hududida emas, Sankt-Peterburgda ekanini aytdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojin “Vagner” isyonidan keyin Kremlda Putin bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi
ePN