09:24 / 11.07.2023
698

Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning dahshatli oqibatlaridan ogohlantirildi

Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning dahshatli oqibatlaridan ogohlantirildi

AQSH prezidenti Jo Baydenning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi tufayli Rossiya bilan urushda amerikaliklarning halok bo‘lish xavfi bor. Bu haqda AQSH Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin ma’lum qildi.

Tinchlik muzokaralari o‘rniga begona yurtlarda o‘lim va urushni qo‘zg‘atish hamda homiylik qilish bilan band bo‘lgan rahbarlarimizga uyat bo‘lsin. Tez orada, agar Ukraina NATOga qabul qilinsa, Amerika Rossiya bilan faol urush olib boradimi? Nahotki bizning o‘g‘il-qizlarimiz navbatdagi bema’ni va begona urushda o‘lib ketishlari kerak?”, - deya yozdi siyosatchi Twitter'dagi sahifasida.

U, shuningdek, Amerika xalqi Rossiya bilan urushni xohlamasligini va Vashington AQSHning ichki muammolariga e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi.

Respublikachi Teylor Grin bir necha bor Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqqan. U, shuningdek, Baydenga “konstitutsiyaviy majburiyatlarni buzganlik” uchun impichment e’lon qilish bo‘yicha Kongressga qonun loyihasini taqdim etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning dahshatli oqibatlaridan ogohlantirildi
ePN