date
views 378

NATO davlatlari Rossiyadan hujum bo‘lgan taqdirda qo‘llanadigan harakatlar rejasini kelishib oldi

NATO davlatlari Rossiyadan hujum bo‘lgan taqdirda qo‘llanadigan harakatlar rejasini kelishib oldi

Foto: Flickr

NATO davlatlari Rossiya hujumi sodir bo‘lgan taqdirda qo‘llanadigan mintaqaviy mudofaa rejalarini kelishib oldi, deb xabar qilmoqda Reuters va DPA o‘z manbalariga tayanib.

Hali Vilnyusdagi NATO sammitida tasdiqlanishi kerak bo‘lgan rejalarda alyans qo‘shinlarining quruqlikdagi harakatini tezlashtirish hamda dengiz, havo, kibermakon va koinotdagi ehtimoliy hujumlardan himoyalanish yo‘llari batafsil bayon etilgan.

Bundan tashqari, ushbu rejalar doirasida alyansga a’zo mamlakatlarga qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Shuningdek, NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini oshirishga majbur bo‘ladi: Reuters yozishicha, yalpi ichki mahsulotning 2 foizi alyans uchun minimal talab bo‘ladi.

Gap ko‘proq odamlarni jalb qilish, mashg‘ulotlar, o‘qitishlar haqida bormoqda. Zaxiralarni yaratish, tuzilmalarni shakllantirish, asbob-uskunalar sotib olish haqida, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari to‘g‘risida gaplashyapmiz”, — dedi NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Rob Bauyer.

Alyans rasmiy vakillarining fikricha, ishtirokchi davlatlar tomonidan bu rejalarni amalga oshirish bir necha yil vaqt oladi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini munosabati bilan Shimoliy Atlantika alyansi o‘zining mudofaa konsepsiyasini butunlay qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgandi. Xususan, alyans hozirda hujumning birinchi kunidanoq o‘z hududining “har bir qarichini” himoya qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO davlatlari Rossiyadan hujum bo‘lgan taqdirda qo‘llanadigan harakatlar rejasini kelishib oldi