17:00 / 11.07.2023
554

Stoltenberg Ukrainaning NATOga kirish rejasini bekor qilishni taklif qildi

Stoltenberg Ukrainaning NATOga kirish rejasini bekor qilishni taklif qildi

Foto: EPA

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaning alyansga qo‘shilish bo‘yicha Harakat rejasini bekor qilishni taklif qilganini, bu esa mamlakatning NATOga qo‘shilish jarayonini qisqartirish imkonini berishini aytib o‘tdi.

Men Ukrainani NATOga yaqinlashtirish bo‘yicha uch banddan iborat rejani taklif qildim. Bu ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlash paketi bo‘lib, NATO—Ukraina kengashini tashkil etish orqali siyosiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, har bir a’zo bajarishi shart bo‘lgan harakat rejasidan ozod qiladi. Bu Ukrainani NATOga a’zo bo‘lish jarayonini qisqartirish imkonini beradigan reja”, — dedi u Vilnyusdagi NATO sammiti boshlanishidan oldin.

NATO sammiti bugun Litva poytaxti Vilnyusda boshlanadi. Yens Stoltenberg sammit arafasidagi intervyusida mazkur anjumanda Ukrainani NATOga yaqinlashtiradigan ko‘p yillik yordam paketi tasdiqlanishini aytib o‘tgandi.

Sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stoltenberg Ukrainaning NATOga kirish rejasini bekor qilishni taklif qildi
ePN