17:24 / 11.07.2023
204

Everest yaqinida vertolyot quladi. Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi

Everest yaqinida vertolyot quladi. Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi

Foto: Manang Air sayti

Nepalda Everest cho‘qqisi yaqinida bortida olti kishi bo‘lgan vertolyot g‘oyib bo‘lgan edi. Mamlakat Aviatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, vertolyot qulab tushgan va bortdagi barcha olti kishi halok bo‘lgan.

Nepal matbuoti xabarlariga ko‘ra, Manang Air vertolyoti 11 iyul kuni Solukumbu tumanidagi Surki shahridan havoga ko‘tarilganidan 15 daqiqa o‘tib, u bilan aloqa uzilgan. Vertolyot poytaxt Katmanduga yo‘l olgan edi.

Vertolyot bortida besh nafar meksikalik sayyoh va bir nepallik uchuvchi bo‘lgan.

Halokat sabablari hozircha noma’lum, Nepal fuqaro aviatsiyasi nazoratchisi va hukumat tergov qo‘mitasini tuzmoqchi.

Avval Yaponiyada bortida harbiylar bo‘lgan mudofaa kuchlarining vertolyoti dengizga qulab tushgandi. Vertolyot bortida 10 nafar harbiy, jumladan, diviziya komandiri bo‘lgan.

Eronda bortida 12 nafar yo‘lovchi, jumladan, sport vaziri Hamid Sajjadi bo‘lgan vertolyot qulab tushgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Everest yaqinida vertolyot quladi. Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi
ePN