19:35 / 11.07.2023
137

Germaniya Ukrainaga 700 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini jo‘natadi

Patriot zenit-raketa majmuasi
Foto: Google images

Germaniya Ukrainaga 700 million yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini jo‘natadi. Yangi partiyadan ikkita Patriot zenit-raketa majmuasi, Puma piyoda askarlarining jangovar mashinalari va artilleriya snaryadlari o‘rin olgan. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius NATOning Vilnyusdagi jamoat forumida aytib o‘tdi.

Yangi yordam paketi havo mudofaasi, piyoda jangovar mashinalari, o‘q-dorilar va dronlarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, gap allaqachon yetkazib berilgan Patriot komplekslari uchun yangi komponentlar, qo‘shimcha Marder piyoda jangovar mashinalari, Leopard 1 tanklari, minalardan tozalash uskunalari va artilleriya hamda tanklar uchun 20 mingga yaqin o‘q-dorilar haqida ketmoqda.

14-may kuni Germaniyaga tashrifi chog‘ida Ukraina prezidenti Berlinda kansler Olaf Sholsdan GFR tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat oldi.

Marder piyoda jangovar mashinasi
Foto: Wikipedia

Tashrif arafasida Berlin Kiyevga hozirgi kunga qadar 2,7 milliard yevro miqdoridagi eng yirik harbiy yordam paketini e’lon qildi. U artilleriya tizimlari va o‘q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, 30 ta Leopard 1 tanklari, 20 ta Marder piyoda jangovar mashinalari va 100 dan ortiq zirhli jangovar mashinalarni o‘z ichiga oladi. 

Leopard 1 tanki
Foto: Wikipedia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Ukrainaga 700 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini jo‘natadi
ePN