date

Qozog‘istonda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritildi

Qozog‘istonda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritildi

Qozog‘istonda Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo davlatlar bilan bir qatorda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritilmoqda. Bu haqda EOII xabariga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri xabar bermoqda.

27 iyunda EOIIda transport vositasi (transport vositasi shassisi), o‘ziyurar mashina va boshqa texnika turlari pasportining yagona shakllarini kiritish va elektron pasportlar tizimini tashkillashtirish haqidagi kelishuv kuchga kirdi.

"Hujjatning kuchga kirishi Ittifoqda avtomobil, qishloq xo‘jaligi, yo‘l-qurilish va boshqa texnika turlarining erkin aylanmasi uchun samarali sharoitlar yaratilganini anglatadi", deyilgan xabarda.

Ittifoqdosh davlatlarda transport vositalarini rasmiylashtirishning yagona shakli amal qilishni boshlamoqda.

Ta’kidlanishicha, transport vositalari egalari uchun avtomobillarni ko‘chirish, sotish-sotib olish va g‘ildirakli-zanjirli ob’ektlar bilan bog‘liq boshqa amallarda tegishli tartibotlar ancha soddalashadi.

Gap transport vositalari, shassi, o‘ziyurar mashinalardan foydalanish, sotish-sotib olish va ularga nisbatan boshqa qonuniy harakatlar, ularni foydalanishga kiritilishini tartiblashtirish, Ittifoqning bojxona chegarasi orqali harakatlanishi nazoratini ta’minlash, bu sohadagi qoidabuzarlar biln kurashish haqida ketmoqda.

Kelishuv qog‘ozdagi shakllardan elektron psportlarga o‘tishga imkon beradi.

EOII hududida muomalaga chiquvchi transport vositalar, o‘ziyurar mashinalar va boshqa texnika turlari haqida yagona baza yaratiladi. Ularda elektron ko‘rinishda maksimal to‘liq texnik va boshqa ma’lumot taqdim qilinishi imkoniyati ta’minlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda avtomobillar uchun elektron pasportlar kiritildi