11:44 / 12.07.2023
136

NATO: Ukraina urushdan keyin alyansga a’zo bo‘lish imkonini qo‘lga kiritadi

NATO: Ukraina urushdan keyin alyansga a’zo bo‘lish imkonini qo‘lga kiritadi

Foto: Yves Herman/Reuters

NATOga a’zo davlatlar tashkilotning 11 iyul, seshanba kuni Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitida Rossiya bilan urush tugaganidan so‘ng Ukrainaga ittifoqqa qo‘shilish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha qarorga keldi.

Sammit bayonotida qayd etilganidek, agar NATOga a’zo davlatlar buning uchun shartlar bajarilgan deb hisoblasa, Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish taklifini oladi. «Biz Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini tasdiqladik va a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildik», dedi tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumanida.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyansga a’zo barcha davlatlar Rossiyaning bu davlatga qarshi urushi davom etar ekan, Ukraina NATOga to‘laqonli a’zo bo‘la olmaydi, degan fikrda.

NATO Ukrainaga alyansga qo‘shilish uchun rasmiy taklif yuborish imkoniyatini bog‘layotgan shartlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish sohasidagi ishlar ham bor. Kiyevni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlash uchun NATO Ukraina qurolli kuchlari va Shimoliy Atlantika alyansi kuchlari o‘rtasida «to‘liq o‘zaro hamkorlik»ni ta’minlaydigan ko‘p yillik yordam dasturini kelishib oldi, dedi Stoltenberg.

Tashkilot sammiti arafasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATOni Ukrainani o‘z safiga qabul qilishga tayyorligi haqida «aniq signal» yo‘qligi borasida tanqid qildi. Bu tanqidga munosabat bildirgan Yens Stoltenberg 11 iyul kuni alyans Ukrainaning a’zoligi masalasida «hech qachon bundan kuchli so‘z eshitmaganini» ta’kidladi. Shu bilan birga, Ukrainaga tegishli taklifnomani taqdim etish muddati aytilmagan.

«Biz Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini yana bir bor ta’kidladik va alyansga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilishga kelishib oldik. Bu Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lini o‘zgartiradi, ikki bosqichli jarayon o‘rniga bir bosqichli jarayon paydo bo‘ldi», - dedi Stoltenberg. Boshqa narsalar qatorida, sammitda NATO-Ukraina kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi, deya qo‘shimcha qildi u.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO: Ukraina urushdan keyin alyansga a’zo bo‘lish imkonini qo‘lga kiritadi
ePN