"Vagner" qurollarini topshirdi (video)

"Vagner" qurollarini topshirdi (video)

Rossiya Mudofaa vazirligi rejaga muvofiq "Vagner" guruhidan qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qabul qilish jarayonini yakunlamoqda.

  • 2 mingdan ortiq harbiy texnika birliklari va qurollar, shu jumladan yuzlab T-90, T-80, T-72B3 tanklari, "Grad", "Uragan" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, "Pansir" havo mudofaa tizimi, "Gvozdika", "Akatsiya", "Giatsint", "Tyulpan" o‘ziyurar artilleriya moslamalari va gaubitsalar, zirhli transport vositalari va boshqalar qabul qilib olindi;
  • Olingan texnikalardan orasida o‘nlab mashinalar hech qachon jangovar sharoitlarda ishlatilmagan;
  • 2,5 ming tonnadan ortiq turli o‘q-dorilar va 20 mingga yaqin o‘qotar qurollar bor;
Barcha harbiy texnika dastlab mamlakat ichida joylashgan ta’mirlash va tiklash bo‘linmalariga yuboriladi. Foydalanishga tayyorgarligi tekshirilgani va texnik xizmat ko‘rsatilganidan so‘ng - ulardan belgilangan maqsadda foydalaniladi, - deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar