08:30 / 14.07.2023
337

Pentagon rahbari Ukraina NATOga qachon qo‘shilishini tushuntirdi

Pentagon rahbari Ukraina NATOga qachon qo‘shilishini tushuntirdi

Foto: AP Photo

Ukraina urush tugaganidan keyin Shimoliy Atlantika alyansining bir qismiga aylanadi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin NATOning Vilnyusdagi sammiti chog‘ida xabar berdi.

Ostinga ko‘ra, Ukrainaning alyansga kirishi amalga oshadi. U NATO sammitida qabul qilingan qarorlar prezident Vladimir Zelenskiyni tinchlantirganini aytdi.

“Bu sodir bo‘lishiga (NATO Ukrainaga a’zo bo‘lishiga) shubha qilmayman”, — dedi Ostin.

Ukraina NATO standartlariga qanchalik yaqin degan savolga Ostin “hali qilinadigan ishlar bor”, deb javob berdi. Pentagon rahbari kelgusida Ukrainaga bir qator imkoniyatlarni taqdim etish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

“Biz bu ishni urush kechayotgani fonida amalga oshiryapmiz va ko‘p narsa allaqachon qilingan. Bundan ham ko‘prog‘ini qilish kerak”, — deb tushuntirdi amerikalik amaldor.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari Ukraina NATOga qachon qo‘shilishini tushuntirdi
ePN