21:18 / 14.07.2023
272

Xitoyda bolalarni zaharlagani uchun bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi

Xitoyda bolalarni zaharlagani uchun bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Szyaoszo shahri xalq sudi bog‘cha tarbiyachisini bolalarni zaharlaganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi, deb xabar berdi Pengpai nashri.

Aytilishicha, ayol 13-iyul kuni qatl etilgan.

Ayblanuvchi Vang Yun ismli ayol “Mengmen” bolalar bog‘chasida ishlayotganida u tarbiyachilardan biri bilan janjallashib qolgan. Ayol hamkasbi bilan hisob-kitob qilishga qaror qildi va 2019-yil 27-mart kuni ertalab hamkasbining guruhidagi bolalarning bo‘tqasiga natriy nitrit qo‘shib qo‘ydi, natijada 25 bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi, ulardan biri keyinroq vafot etdi.

Tergov shuni ko‘rsatdiki, bu Van Yunning shaxsiy muammolarini hal qilish uchun natriy nitritdan birinchi marta foydalanishi emas.

2017-yilda ayol maishiy muammolar tufayli turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan, undan o‘ch olish maqsadida Van Yun 2017-yilning fevral oyida internet orqali natriy nitrit sotib olib, uni erining stakanidagi suvga qo‘shgan. Oqibatda eri zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda bolalarni zaharlagani uchun bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi
ePN