Amerikalik jurnalist Taker Karlson BlazeTV telekanalining jonli efirida “nima uchun Rossiya Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy tahdid sanaladi”, degan savoliga javob ololmadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Jurnalist bunday savol bilan AQSH prezidentligiga nomzod Tim Skottga yuzlangan.
“Rossiya yomon, Rossiya xavfli, men tushunaman, lekin ruslar tomonidan o‘ldirilgan amerikaliklar soni nolga teng. Masalan, men Rossiya qo‘lidan o‘lgan hech kimni bilmayman. Shu bilan birga, men Meksika tomonidan o‘ldirilgan odamlarni shaxsan bilaman”, dedi jurnalist.
Uning ta’kidlashicha, minglab amerikaliklar qo‘shni davlatdan keltirilgan fentanil preparatidan nobud bo‘lmoqda. Karlson, shuningdek, ushbu preparatni ishlab chiqarish va yetkazib berish Meksika iqtisodiyotining katta qismi ekanligini aytdi.
"U holda nega Meksika bizning ittifoqchimiz, Rossiya esa bizning dushmanimiz?", degan savol bilan yuzlandi jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikachilardan prezidentlikka nomzod Tim Skott Meksika bilan chegarada devor qurilishini qo‘llab-quvvatlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Diyetolog qanday qilib non iste’mol qilmasdan qisqa vaqtda ozish mumkinligini aytdi
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
Stoltenberg: “Rossiya NATOni qo‘rqitishga harakat qilmoqda”
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
Zelenskiyning AQSHga tashrifi: Tramp «Ukraina endi yo‘qligi»ni aytdi