10:00 / 17.07.2023
766

Tramp prezident bo‘lsa, qanday qilib urushni 24 soat ichida to‘xtatishini tushuntirdi

Tramp prezident bo‘lsa, qanday qilib urushni 24 soat ichida to‘xtatishini tushuntirdi

Foto: Getty Images

AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylansa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni 24 soat ichida hal qilishga bir necha bor va’da bergan Donald Tramp Fox News telekanaliga buni aynan qanday amalga oshirmoqchiligini tushuntirdi.

Tramp ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan bog‘lanishini aytdi.

“Men Zelenskiyga aytgan bo‘lardim: yetar, siz kelishuvga erishishingiz kerak. So‘ng Putinga aytaman: agar kelishuv tuzmasangiz, biz ularga (Ukrainaga) ko‘proq narsa beramiz, kerak bo‘lsa, ilgari ularda bo‘lmagan narsalarni”, — deb o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi Tramp.

Sobiq prezident shu yo‘l bilan bir kunda jangovar harakatlarga chek qo‘yishiga ishonch bildirmoqda.

Tramp Zelenskiyni yaxshi bilishini, Putinni “undan ham yaxshiroq” bilishini aytdi.

“Ikkalasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman, juda yaxshi munosabatda”, — dedi u.

Avvalroq Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning Oq uyga qaytgan taqdirda, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dalariga ishonmasligini aytgandi. NBC muxbiri Trampning mojaroni tezda hal qila olishi haqidagi savoliga Zelenskiy savol bilan javob berdi: “Nega u shuni avvalroq qilmagan?”.

Tramp o‘tgan yilning kuzida 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatini ma’lum qilgandi. G‘alaba qozongan taqdirda, u Ukrainadagi mojaroni hatto, “inauguratsiyadan oldin” hal qilishga va’da bergan. U bir necha bor Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, siyosatchi AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga nisbatan qadamlarini tanqid qilib keladi: “U tizimli ravishda, lekin, ehtimol, ongsiz ravishda bizni uchinchi jahon urushiga olib bormoqda”.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezident bo‘lsa, qanday qilib urushni 24 soat ichida to‘xtatishini tushuntirdi
ePN