15:27 / 17.07.2023
354

Shvetsiyada Tavrot va Injilni yoqish aksiyasi tashkilotchisi kitoblarni yoqishdan bosh tortdi

Shvetsiyada Tavrot va Injilni yoqish aksiyasi tashkilotchisi kitoblarni yoqishdan bosh tortdi

Foto: Magnus Lejhall / TT News Agency / Reuters
Stokgolmdagi Isroil elchixonasi yaqinida Tavrot va Injilni yoqib yuborish aksiyasi tashkilotchisi diniy kitoblarni yoqishdan bosh tortdi va bunday namoyishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu haqda Folkbladet xabar bermoqda.

Men musulmonman. Biz muqaddas kitoblarni yoqmaymiz. Menga bu zajigalka kerak emas”, — dedi u jurnalistlar voqea joyiga yig‘ilgach.

Avvalroq 30 yoshli erkak Tavrot va Injilni yoqib yuborish uchun politsiyadan ruxsat olgan edi. U Stokgolmda qayta-qayta o‘tkazilgan Qur’onni yoqish aksiyasiga javoban shunday ish qilmoqchi bo‘lgan.

Isroil prezidenti Itsxak Gersog Shvetsiya rasmiylarining Tavrot va Injilni yoqishga ruxsat berish qarorini qoraladi. “Men butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas bo‘lgan Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladim va endi yahudiy xalqining abadiy kitobi bo‘lmish Tavrotni ham xuddi shunday taqdir kutayotganidan afsusdaman”, — dedi u.

Shuningdek, Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat ham bu aksiyani qoralab chiqqandi.

Isroil Shvetsiyadagi Isroil elchixonasi oldida Tavrotni yoqish niyatini keskin qoralaydi. Muqaddas kitoblarni yoqish nafrat va murosasizlikdir, buning so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Shvetsiya rasmiylarini muqaddas kitoblarni yoqishning oldini olishga chaqiramiz”, — deb yozdi diplomat.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada Tavrot va Injilni yoqish aksiyasi tashkilotchisi kitoblarni yoqishdan bosh tortdi
ePN