22:00 / 17.07.2023
400

Kosmosga bir kishilik chipta narxi ma’lum qilindi

Kosmosga bir kishilik chipta narxi ma’lum qilindi

Foto: Space

Milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi ilk kosmik sayyohlar 10 avgust kuni Yer yuzasidan taxminan 85 kilometr balandlikka uchishini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Galactic 02 deb nomlangan yangi missiya doirasida uch sayyoh kosmosga parvoz qiladi. Sayyohlarning ismi oshkor qilinmagan. Ammo ularning har biri VSS Unity kosmik samolyotida joy uchun 250 000 dollar (bu bir necha yil avval birinchi bronlash paytidagi narx), hozirgi narxda 450 000 dollar to‘lagan. Virgin Galactic sayyohlarining ismi 10 avgust kuni parvozning jonli efirida e’lon qilinishini aytdi.

Bugungi kunga qadar 800 kishi VSS Unity kosmik samolyotida deyarli koinotdan Yerni ko‘rish va bir necha daqiqa vaznsizlikni boshdan kechirish uchun joy band qilgan. Butun parvoz taxminan 90 daqiqa davom etishi kerak. Yangi kosmik sayyohlar soni ortishi prognoz qilinmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kosmosga bir kishilik chipta narxi ma’lum qilindi
ePN