23:43 / 18.07.2023
333

Putin “Vagner” isyonidan keyin Rosgvardiyani kuchaytirmoqda

Putin “Vagner” isyonidan keyin Rosgvardiyani kuchaytirmoqda

Foto: EFE/EPA

“Vagner” isyonidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rosgvardiyani kuchaytirmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.

Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha Grom maxsus kuchlari Rossiya gvardiyasi tarkibiga o‘tkazilishini aytdi. Hozir shaxsan Putinga bo‘ysunuvchi tashkilotda 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchi bor.

Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, Putinning qarori “milliy gvardiyaning mamlakat ichki xavfsizligini himoya qilishdagi asosiy rolini ta’kidlaydi”.

Milliy gvardiya nafaqat yangi kadrlar bilan to‘ldiriladi, balki modernizatsiya ham qilinadi: Davlat Dumasi Milliy gvardiyaga og‘ir qurollardan foydalanish imkonini beruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda – ular transport samolyotlari, jangovar vertolyotlar va zirhli transport vositalarini oladi.

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Milliy gvardiyani kuchaytirishga qaratilgan so‘nggi urinishlarni Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” isyoni bilan bog‘laydi.

“Vagner" qurolli qo‘zg‘olonidan so‘ng, Rossiya ichki xavfsizlik apparatini qayta qurish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda, — deyiladi ISW'ning yangi hisobotida.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24 iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin “Vagner” isyonidan keyin Rosgvardiyani kuchaytirmoqda
ePN