Moskvada dushga qo‘l telefoni bilan kirgan qiz o‘lik holda topildi

Kecha, 28 iyun kuni Moskvadagi ko‘p qavatli uylarning birida itiqomat qiluvchi 15 yoshli qiz o‘z uyining yuvinish xonasidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 iyun kuni tonggi 08:00 atrofida qizning onasi undan xabar olish uchun uyga qo‘ng‘iroq qilgan. Qizi bilan suhbatdan so‘ng, hammasi yaxshi ekaniga amin bo‘lgan ayol shahar tashqarisidagi dala hovlisidan soat 15:00da qaytgan. Biroq uyning yuvinish xonasiga kirgan ayol qizini o‘lik holda topgan.
Aniqlanishicha, o‘smir qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan. U onasi bilan kollejga hujjat topshirish uchun borish oldidan yuvinish xonasiga kirgan. Garchi Sony brendiga tegishli qo‘l telefonining quvvat miqdori to‘liq bo‘lsada, qizaloq uni quvvatlagichga ulagan va shu holatda vannada yuvinayotib dugonalari bilan suhbatlashgan, SMS yozishgan. Kutilmaganda quvvatlagich suvga tushib ketib, ichiga suv kirgan va o‘smir qizni tok urgan. U o‘sha zahotiyoq jon bergan.
Xabarda aytilishacha, Marhumaning bosh barmog‘ida smartfon telefoni ustida kuchli tok zaryadidan qolgan dog‘ qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing