07:28 / 24.07.2023
1 091

«AQSH sobiq rahbari Ukrainadagi voqealarni o‘ttiz yil avval bilgan...»

«AQSH sobiq rahbari Ukrainadagi voqealarni o‘ttiz yil avval bilgan...»

AQSH sobiq prezidenti Richard Nikson bundan 30 yil avval Ukrainadagi mojaroni bashorat qilgani aytildi. Bu haqda Amerikaning «The Wall Street Journal» gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, 1994 yilda siyosatchi Oq uyning amaldagi rahbari Bill Klinton nomiga tegishli xat yozgan. Nikson Ukrainadagi vaziyatni «portlovchi» deb atadi va Kiyevdagi amerikalik diplomatlarning e’tiborini kuchaytirishga chaqirgan.

«Agar u nazoratdan chiqib ketsa, Bosniyadagi vaziyat shunchaki bolalarcha cho‘pchagidek bo‘lib qoladi. Ukraina muhimligini inobatga olib, sizdan darhol Kiyevdagi diplomatik ishtirokimizni kuchaytirishingizni so‘rayman», — deb yozgan u.

Gazetaning ta’kidlashicha, siyosatchi bu xabarni Klintonga Rossiya va Ukrainaga ikki haftalik safaridan qaytganidan keyin yuborgan.

Shu vaqt davomida yetti sahifadan iborat xat tafsilotlari oshkor etilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «AQSH sobiq rahbari Ukrainadagi voqealarni o‘ttiz yil avval bilgan...»
ePN