11:00 / 25.07.2023
492

Putin: yangi ko‘p qutbli dunyo adolatliroq bo‘ladi

Putin: yangi ko‘p qutbli dunyo adolatliroq bo‘ladi

Shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyo yanada adolatliroq va demokratik bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya va Afrika: tinchlik, taraqqiyot va muvaffaqiyatli kelajak uchun kuchlarni birlashtirib” sarlavhali maqolasida yozgan. Maqola Kreml saytida chop qilingan.

Shakllari belgilanib bo‘lgan yangi, ko‘p qutbli dunyo yanada adolatliroq va demokratik bo‘ladi. Afrika Osiyo, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi bilan bir qatorda unda munosib joy olishiga shubha yo‘q”, - deya yozgan Rossiya rahbari.

Putin bundan keyin Afrika xalqi kolonializm va neokolonializmning og‘ir merosidan to‘liq ozod bo‘lishiga, uning zamonaviy amaliyotini uloqtirib tashlay olishiga umid bildirgan.

Rossiya xalqaro nufuzi oshib borayotgan ayrim davlatlarning ham, Afrikaning ham, umuman olganda, ularning o‘zlari haqida ishonch bilan baralla aytish intilishini, qit’a masalalarini hal qilishni o‘z qo‘llariga olishlarini mamnuniyat bilan qabul qiladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisi.

Putin Rossiya tomoni hamkorlarning konstruktiv tashabbuslarini hamisha qo‘llab-quvvatlashi, dunyo taqdirini belgilaydigan tuzilmalarda, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi va G20 da Afrika mamlakatlariga joy berilishi tarafdori ekanini ta’kidlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: yangi ko‘p qutbli dunyo adolatliroq bo‘ladi
ePN