date
views 493

Nigerda isyon: prezident o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi

Nigerda isyon: prezident o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi

Foto: African Union 

Niger (G‘arbiy Afrika) prezidenti Muhammad Bazum o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda AFP'ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Isyonga Muhammad Bazum gvardiya qo‘mondoni general Umar Tchianini ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Niger armiyasi prezident gvardiyasi askarlarining isyonini qo‘llab-quvvatlamagan. Ular prezident gvardiyasining “hissiyotlarga berilib ketgan” jangchilariga hujum qilishga tayyorligini bildirgan.

Prezident gvardiyasi davlat rahbari qarorgohiga kirishni to‘sib qo‘ygan va muzokaralardan so‘ng janob Bazumni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Niger prezidenti ofisi Bazum va uning oilasi yaxshi ahvolda ekanini aytgan.

Muhammad Bazum 2021 yilda prezident etib saylangan. Avvalgi prezident Maxamadu Issufu davrida u Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimlarida ishlagan. AFP xabariga ko‘ra, u saylovda g‘alaba qozonib, Afrikaning eng qashshoq va “to‘ntarishga moyil” davlatiga rahbarlik qilgan.

Isyon Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya—Afrika sammiti fonida yuz bergan. Niger sammitda ishtirok etmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigerda isyon: prezident o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi