Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pxenyanda KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda "Koreya ovozi" radiosi.
Ta’kidlanishicha, Shoygu Shimoliy Koreya rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maktubini yetkazgan.
Shuningdek, radioning xabar berishicha, muzokaralardan so‘ng ular bir-birlariga sovg‘alar taqdim qilishgan.
Rossiyaning harbiy delegatsiyasi mudofaa vaziri rahbarligida seshanba kuni Koreya urushidagi harbiy harakatlar tugaganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun Shimoliy Koreyaga yetib kelgan.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqichga aylanadi.
Rasmiy tashrif 27 iyulga qadar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!