15:11 / 29.07.2023
143

Rossiyada chaqiruv qog‘ozi topshirilgandan keyin mamlakatdan chiqib ketish taqiqlab qo‘yiladi

Rossiyada chaqiruv qog‘ozi topshirilgandan keyin mamlakatdan chiqib ketish taqiqlab qo‘yiladi
Foto: Global Look Press

Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiyalar kengashi 28 iyul, juma kuni fuqarolarga chaqiruv qog‘ozi berilgan paytdan boshlab Rossiyadan chiqib ketishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Hujjatda ta’kidlanishicha, xorijga chiqishni taqiqlash harbiy komissarlikka borishni ta’minlashga qaratilgan vaqtinchalik chora hisoblanadi.

Rossiyadan chiqib ketishni taqiqlash chaqiruv qog‘ozi reyestrda paydo bo‘lgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Muddatli harbiy xizmatchining mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror harbiy komissarlik tomonidan unga chaqiruv qog‘ozi yuborilgan kuni chiqariladi.

25 iyul kuni Davlat dumasi deputatlari harbiy hisobni yuritish bo‘yicha yagona reyestrini yaratishga qaratilgan qonunga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Aprel oyida Davlat dumasi harbiy xizmatga majburlar va elektron chaqiruv qog‘ozlari raqamli reyestri to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, Federatsiyalar kengashi uni tasdiqladi.

Bundan buyon chaqiruv varaqalari nafaqat shaxsan yoki ish beruvchi orqali, balki elektron shaklda ham topshiriladi. Barcha chaqiruv qog‘ozlarining yuridik jihatdan kuchi bir xil bo‘ladi. Elektron chaqiruv qog‘ozlari - axborot resursida (chaqiruv qog‘ozlari reyestri) joylashtirilgan paytdan boshlab, pochta orqali jo‘natilganlari - yetkazilgan paytdan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Maqsut Shadayevning aytishicha, chaqiruv qog‘ozlari reyestri kuzgi chaqiruv paytida ishlay boshlaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada chaqiruv qog‘ozi topshirilgandan keyin mamlakatdan chiqib ketish taqiqlab qo‘yiladi
ePN