Foto: web.de
Germaniyadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari Xitoydan davlat stipendiyasi oluvchilar tomonidan ehtimoliy josuslikdan himoyalanishi kerak, dedi Germaniya ta’lim vaziri Bettina Shtark-Vatsinger 29 iyul, juma kuni.
«Xitoy ilm-fan va tadqiqotlarda tobora ko‘proq raqobatchi va tizimli raqibga aylanib bormoqda», dedi vazir Erlangen hamda Nyurnbergdagi Fridrix-Aleksandr nomidagi universitet (FAU)ning yondashuvini yuqori baholab.
1 iyundan boshlab FAU faqat Xitoy stipendiyalar kengashi (CSC) tomonidan moliyalashtiriladigan bakalavriat va magistratura talabalarini qabul qilmaslik haqida qaror qabul qildi, deb yozadi dpa. Shtark-Vatsinger stipendiyani «Xitoyning strategik vositasi» deb atadi, bu orqali XXR chet elda bilim olish orqali texnologik bo‘shliqlarni yopishga harakat qilmoqda.