60 yoshli fransiyalik fuqaro model bo‘lmoqchi

Fransiyalik fuqaro Filipp Dyuma 60 yoshga to‘lganiga qaramay bir qator mashhur kompaniyalarning modeliga aylanish istagida, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Bir umr kino va reklama sohasida faoliyat yuritgan Filipp har doim model bo‘lish orzusi bilan yashaganini yashirmaydi. Soqolini g‘aroyib tarzda o‘stirgach, u o‘ziga va kiyayotgan kiyimlariga ahamiyat bera boshladi. Shundan so‘ng, bir qator modellik agentliklariga ish so‘rab murojaat qildi. Dyuma kelajakda Chanel hamda Dior kabi nufuzli kompaniyalarning modeli bo‘lish orzusida ekanini aytmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing