
Saudiya Arabistoni avgust oyida Ukrainada kechayotgan urushni tugatish bo‘yicha Rossiyasiz 30 ta davlat ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Saudiya Arabistoni va Ukraina tomonidan taklif qilinganlar orasida quyidagi davlatlar bor:
- Indoneziya;
- Misr;
- Meksika;
- Chili;
- Zambiya.
Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Polsha va Yevropa Ittifoqi unda ishtirok etishlarini tasdiqlagan.
Nashrning yozishicha, Ukraina va G‘arb rasmiylari ularning sa’y-harakatlari 2023-yil oxirida tinchlik sammiti o‘tkazilishiga, unda dunyo yetakchilari kelishuvning umumiy tamoyillariga imzo chekishiga umid qilmoqda. Ushbu tamoyillar Kiyev foydasiga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar uchun asos bo‘lishi aytilgan.
Diplomatik manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Xitoyni yig‘ilishda ishtirok etishga ishontirish maqsadida muzokaralar uchun joy sifatida tanlangan. Ar-Riyod va Pekin yaqin aloqada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!