date
views 872

Belarus harbiy vertolyotlari Polsha hududiga kirdi

Belarus harbiy vertolyotlari Polsha hududiga kirdi

Foto: Telegram

Belarusning ikkita vertolyoti 1 avgust kuni Polsha havo hududini buzdi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vertolyotlar mashg‘ulotlar o‘tkazgan va bu haqda Belarus tomoni Polshani oldindan xabardor qilgan. Havo chegarasini kesib o‘tish Beloveja aholi punkti hududida juda past balandlikda sodir bo‘lgan, bu esa radar tizimlari tomonidan aniqlashni qiyinlashtirgan.

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak chegaradagi qo‘shinlar sonini ko‘paytirish va qo‘shimcha mablag‘, jumladan, jangovar vertolyotlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Voqea haqida NATO ham xabardor qilingan. Polsha Tashqi ishlar vazirligi nima bo‘lganini tushuntirish uchun Belarus bo‘yicha muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirgan.

Belarus vertolyotlari Polsha hududiga uchib o‘tgani haqida dastlab OSINT tahlilchilari xabar bergandi. Gap Mi-24 va Mi-8 vertolyotlari haqida ketmoqda.

So‘nggi haftalarda Belarusga “Vagner” kolonnasi kelishni boshladi. 20 iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi armiya maxsus operatsiyalar kuchlari Polsha chegarasi yaqinidagi Bresskiy poligonida “Vagner” bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo