date
views 437

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokara o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Ashxobod shahriga tashrifi davomida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston—Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. “Shovot-Toshovuz” qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi atildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashilgan.

Ma’lumot uchun, 4-avgust kuni Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokara o‘tkazdi