date
views 526

Nursulton Nazarboyevning zirhli avtomobili sotuvga qo‘yildi

Foto: Arxiv / Tengrinews

Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning eksklyuziv avtomobili sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Toppress” xabar bermoqda.

Qozog‘istondagi avtomobil savdosi bilan shug‘ullanadigan onlayn platformaga Nursulton Nazarboyevga tegishli bo‘lgan Mercedes 600 SEL (Sonderschutz) GUARD B7 rusumli avtomobil rasmi joylanib, uning sotuvga qo‘yilgani e’lon qilindi. Sotuvchining tavsifiga ko‘ra, mashina hozir Taraz shahrida, uning barcha qismlari asl holida saqlangan.

Foto: “Kolesa.kz”

Qayd etilishicha, avtomobil Germaniyadagi zavodda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan. Mashina Kalashnikov avtomati va snayper o‘qlariga bardosh bera oladi. Mashina zavodning o‘zida ishlab chiqariladigan zirhli plitalar bilan mustahkamlangan. Xuddi shunday Mercedes S600 Guard Gruziyaning sobiq prezidenti Eduard Shevardnadzening hayotini saqlab qolgan edi. Uning mashinasiga granata va og‘ir pulemyotlar bilan hujum qilingan, biroq siyosatchi jabrlanmagan.

Sotuvchiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham xuddi shunday mashinasi 1,3 million yevroga sotilgan. Nazarboyevga tegishli avtomobil esa 222 million tenge (taxminan 454 ming yevro)ga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyevning zirhli avtomobili sotuvga qo‘yildi