date
views 447

Medvedev: “Rossiya 2008 yilda bo‘lgani kabi o‘z shartlari asosida tinchlikka erishadi”

Medvedev: “Rossiya 2008 yilda bo‘lgani kabi o‘z shartlari asosida tinchlikka erishadi”

Foto: Vedomosti

Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram kanalida Rossiyaning Gruziya—Janubiy Osetiya mojarosidagi ishtirokini Ukrainada olib borilayotgan “harbiy harakatlar”ga qiyosladi.

Aynan Dmitriy Medvedev 2008 yil 8 avgust kuni Rossiya prezidenti sifatida Janubiy Osetiya hududida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi.

“Ahmoq Saakashvilining ortida Rossiya chegaralari yaqinidagi vaziyatni 'loyqalatishga' uringan G‘arb jamoasi turardi. O‘shanda qurolli kuchlarimiz Abxaziya va Janubiy Osetiyada yashagan odamlarimizni dushmandan himoya qildi”, — deb yozadi u.

Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, 2008 yilda “AQSH va uning vassallarida tajriba yetishmagani aniq”. Biroq, endi, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosarining fikricha, “ular yana 'birovning qo‘li bilan' urush olib borishmoqda, Rossiyani yer yuzidan yo‘q qilishga urinmoqdalar”.

“Butun NATO tizimi bizga qarshi amalda ochiq kurashmoqda. Maxsus harbiy operatsiyaning barcha vazifalarini hal qilish uchun kuchlarimiz yetarli. 2008 yilning avgustida bo‘lganidek, bizning dushmanlarimiz tor-mor qilinadi va Rossiya o‘z shartlari bilan tinchlikka erishadi”, — deya qo‘shimcha qildi Medvedev.

Mixail Saakashvili 2004—2013 yillarda ketma-ket ikki muddat Gruziya prezidenti bo‘lgan. 2008 yil 8 avgustda u ajralib chiqishga qaror qilgan Janubiy Osetiya hududiga qo‘shin kiritish to‘g‘risida buyruq berdi. Bunga javoban Rossiya Gruziyaga qarshi besh kun davom etgan urushni boshlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev: “Rossiya 2008 yilda bo‘lgani kabi o‘z shartlari asosida tinchlikka erishadi”