date
views 1 240

Putin bilan raqs tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Rossiya qishlog‘iga ko‘chib keldi

2018-yilda Putin Knayslning to‘yida mehmon bo‘lgan, ular bazm davomida raqs tushgan
Foto: EPA

Avstriya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Karin Knaysl Yevropani tark etgach, Rossiyaning Ryazan viloyati, Petrushovo qishlog‘iga kelib joylashdi. Bu haqda “Vid sboku” nashri xabar berdi.

Knaysl mahalliy bayramda qatnashgan, odamlar bilan suhbatda u tanishlari orqali Petrushovoda kvartira ijaraga olganini aytgan.

Foto: “Vid sboku”
“Yana bir oylik ijara pulini to‘lab qo‘yganman, keyin nima qilaman — ko‘ramiz. Kelajagim haqida hech narsa bilmayman, hech narsa”, — dedi u.

Shu bilan birga, Knaysl Sankt-Peterburgdagi universitet markazida ish boshlashini ma’lum qildi.

“Bu yerga kelish oson bo‘lmadi, lekin men o‘z yo‘limni topishga harakat qilyapman, garchi bu qiyin bo‘lsa ham. Bu yer menga yoqadi, qishloq juda chiroyli. Ishga kirishdim, dars berishni va o‘qib-o‘rganishni davom ettiryapman, kitoblarimni yozyapman, til o‘rganyapman. Men eski hayotimni tashlab, hammasini qaytadan boshlashga majbur bo‘ldim, 60 yoshda bu oson emas”, — dedi Knaysl.
Foto: “Vid sboku”

Knaysl 2021 yil iyunidan beri Rossiyaning “Rosneft” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi. U 2017—2019-yillarda Avstriya Tashqi ishlar vazirligini boshqargan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Putin 2018 yilda Knayslning to‘yida mehmon bo‘lgan, ular bazm davomida raqsga tushgan.

2022 yilda Karin Knaysl hayotiga suiqasd tahdidi tufayli Avstriyani tark etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bilan raqs tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Rossiya qishlog‘iga ko‘chib keldi