Foto: “Geopolitica.ru”
AQSH bir yil avval sobiq bosh vazir Imron Xonning lavozimdan ketishiga ta’sir o‘tkazmagan. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif We News saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shu bilan birga u Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarning yaxshilanganini ham ma’lum qildi.
Shuningdek, u Imron Xon Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni sezilarli darajada yomonlashtirganini, shuning uchun amaldagi hukumat ularni yaxshilashi kerakligini ta’kidladi.
5 avgust kuni Islomobod sudi Pokiston sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi yetakchisi Imron Xonni hukumat omboridan qimmatbaho buyumlarni firibgarlik yo‘li bilan sotgani uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Shuningdek, hukm Xonni besh yilga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum qilishni ham nazarda tutadi. Sobiq bosh vazir hukm chiqarilganidan ko‘p o‘tmay, Lahordagi qarorgohida hibsga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!