date
views 265

Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashdi

Foto: “Yandeks.ru”

Gollivudning mashhur juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt eti yillik mojarolardan soʻng ajrashdi. Aktyorlarning vino zavodi ishi boʻyicha sud jarayoni yakunlandi.

Chateau Miraval vino zavodi tufayli juftlikning oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, bunday boʻlmaganida, ish tezroq yakunlangan boʻlardi. Gap shundaki, Bred vino zavodini juda yaxshi koʻrardi va Anjelina esa spirtli ichimliklar biznesi bilan shugʻullanishni istamadi va shuning uchun oʻzining 164 million dollarlik ulushini sotishga qaror qildi. Xabar qilinishicha, aktyor vino zavodini toʻliq nazorat qilish uchun 250 million dollar ajratadi.

Ular ushbu sud jarayoniga, shu jumladan, vasiylik uchun kurashga juda koʻp pul sarfladi va oxir-oqibat Anjelina koʻp narsadan mahrum boʻlishi mumkin edi, shuning uchun bu uning yoʻqotishlarini kamaytirishning oqilona yoʻli boʻldi. Bu Bred uchun katta yutuq”, — deyiladi manbada.

Foto: “Yandeks.ru”

Ma'lumot uchun, 2019 yilda Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashgan edi. Sobiq juftlikning olti nafar farzandi bor. Ular farzandlari Maddoks, Paks Ten va Zaxarani asrab olgan. Shaylo, egizaklar Noks va Vivien esa juftlikning oʻz farzandi hisoblanadi. “Men Bred Pitt bilan oilam farovonligi uchun ajrashdim. Bu toʻgʻri qaror edi. Bugungi kungacha bolalarimning tinch hayot kechirishiga e'tibor qaratmoqdaman”, — deydi aktrisa.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashdi