Foto: Twitter/PaolaCabezasC
Ekvadorning Esmeraldas provinsiyasidagi «Fuqarolik inqilobi» so‘l siyosiy harakati yetakchisi Pedro Briones uyi yaqinida noma’lum kimsalar tomonidan otib o‘ldirildi, deb xabar berdi uning partiyadosh safdoshlari 14 avgust, dushanba kuni.
«Fuqarolik inqilobi» partiyasidan prezidentlikka nomzod Luis Gonsales marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. «Ekvador o‘zining eng qonli davrini boshdan kechirmoqda. Bu beparvo hukumat va mafiya tomonidan egallab olingan davlatning umumiy harakatsizligi tufayli yuz bermoqda. Men bu zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan Pedro Brionesning oilasiga hamdardlik bildiraman», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Ekvadorda prezidentlikka nomzod o‘ldirildi
Bir necha kun oldin mamlakatda yana bir siyosatchi - «Saf» harakatidan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisenso o‘ldirilgan edi. El Universo gazetasining yozishicha, Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan so‘ng uning boshiga uch marta o‘q uzilgan.
20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!