date
views 122

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yilning 15-16 avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasi Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10 yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan, bugun  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston rahbari mamlakatimiz yetakchisini va butun xalqimizni Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taminlash, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo‘jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Bosh vazir matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi