Turkiya ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet O‘jaseki seshanba kuni Anqara g‘arbidagi Eskishehir hududida jazirama 49,5 darajaga yetganini ma’lum qildi. Bu mintaqa uchun harorat rekordi hisoblanadi.
Unga ko‘ra, avvalgi rekord – 49,1 daraja mamlakat janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida 2021 yilning iyul oyida o‘rnatilgan edi.
«Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 avgust kuni Turkiya tarixida yangi harorat rekordi qayd etildi: Eskishehir viloyatining Saricakaya qishlog‘ida 49,5 daraja», — deb yozdi Mehmet O‘jaseki.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar