
Turkiyalik yetakchi seysmolog Naji Geryur Istanbulda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila ehtimoli 60 foizdan oshishini aytdi. Bu haqda Regnum xabar berdi.
“Istanbulda 7 va undan yuqori magnitudali yangi zilzila bashorat qilingan 30 yillik davr nihoyasiga yetmoqda. Biz oldin ham bir necha bor 2029 yilgacha kuchli zilzila kuzatilishini aytgandik, uning kuchi 1999 yil 17 avgustdagidan qolishmaydi. Zilzila sodir bo‘lishining ehtimollik darajasi kamida 64 foiz, Istanbul esa bunday zilzilaga tayyor emas”, — dedi professor.
Geryur Turkiya fanlar akademiyasi a’zosi. 2022 yil aprel oyida u 2023 yil fevralda Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila episentrini bashorat qilgandi.
Avvalroq turk seysmologlari 7 va undan ortiq magnitudali silkinishlar bo‘lsa, Istanbuldagi 90 mingta bino zudlik bilan qulab tushishi, 260 mingtasi vayron bo‘lib, yashash uchun yaroqsiz holga kelishini aytgandi.
17 avgust kuni Turkiya Marmara dengizida sodir bo‘lgan dahshatli zilzilani xotirlaydi. 1999 yilning shu kuni Anadolu va Yevrosiyo tektonik plitalarining tutashuvida joylashgan Istanbul yaqinida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Oqibatda 17,2 ming kishi halok bo‘lgan, 45 ming kishi jarohat olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar