date

Suriyada yotoqxona o‘qqa tutilishi oqibatida 30 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 150 kishi yaralandi

Suriyada yotoqxona o‘qqa tutilishi oqibatida 30 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 150 kishi yaralandi

"Jibhad an-Nusra" jangarilari Suriyaning Halabidagi yotoqxonani o‘qqa tutdi. Yotoqxonada asosan ayollar va bolalar yashagan. Oqibatda 30 dan ko‘proq qishi halok bo‘ldi, 150 nafar kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonalarga etkazildi, deb xabar beradi “Kun”.

Terrorchilar 27 fevralda kiritilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishda davom etmoqdalar.
Terrorchilar qo‘lida yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari va minomyotlar bor. Ularning qo‘lidan Kudexi, Xandrat, Xaylan va El-Hadar aholi punktlari, Shayh Maqsud, Al-Xolidiya, Az-Zag‘ra, Al-Furqan, Al-Muhofaza kvartallari va An-Nayrob aeroporti, Damashq va Lataqiya ko‘proq aziyat chekkan. 177 aholi punkti jangovor harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada yotoqxona o‘qqa tutilishi oqibatida 30 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 150 kishi yaralandi