Foto: AP
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel El Pais nashriga bergan intervyusida Rossiya iqtisodiyotini “mitti” deb atadi. Borrelning fikricha, hozirda faqat Xitoyni haqiqiy geosiyosiy o‘yinchi deb hisoblash mumkin.
Diplomat Xitoy fonida Rossiya iqtisodiyoti “juda mitti ekani, xuddi egasida atom bombasi bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘xshashi”ni ma’lum qildi.
Avvalroq Borrel NATO kemalarini Tayvan bo‘g‘ozini patrul qilish uchun yuborishga chaqirgan edi.
Diplomatning ta’kidlashicha, Tayvan ma’naviy, iqtisodiy va texnologik nuqtai nazardan Yevropa uchun nihoyatda muhim. Uning qo‘shimcha qilishicha, orol Yevropa geostrategik perimetrining muhim qismi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar