NATO vakili Stian Yensenning Ukrainaning hududiy imtiyozlari haqidagi bayonoti G‘arbning Kiyevga bosim o‘tkazish istagidan dalolat beradi. Bu haqda Focus sharhlovchisi Ulrix Rayts ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya tasodifiy bo‘lmagan va muhokama mavzusiga aylangan.
Avvalroq Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi idorasi rahbari Stian Yensen Ukraina hududlarni Rossiyaga berish evaziga NATOga qo‘shilishi mumkinligini aytgan edi. Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish uchun hududlar almashinuviga rozi bo‘lmaydi.
Alyansning o‘zi NATOning pozitsiyasi o‘zgarmasligini ta’kidladi – harbiy blok “bardoshli tinchlik uchun” Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!