date
views 311

Ispaniya malikasi uch yillik harbiy xizmatga yuborildi

Foto: Goff Photos

Saragosa shahridagi Jahon akademiyasida Ispaniya malikasi Leonor uch yillik armiya kursini boshladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashr chop etgan suratlarda taxt vorisining mashg‘ulotlarda qaydlar yozayotgani, mashq bajarayotgani va harbiy usulda salomlashayotganini ko‘rish mumkin. Malika boshqa harbiy xizmatchilar qatori forma kiygan va sochlarini yig‘ib olgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Bo‘lajak Ispaniya qirolichasi birinchi darslarda harbiy hayotga moslashishga yordam beradigan modul bo‘yicha o‘qitiladi.

Leonor kadet batalyoniga joylashtirilgan, u yana o‘n ikki talaba bilan birga yashaydi. Keyinroq u dastlabki mashg‘ulotlardan olinib, asosiy harbiy texnika bilan ta’minlanadi.

Umumharbiy akademiyadagi o‘qishni tugatgandan so‘ng, taxt vorisi dengiz flotida harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi va Marinadagi harbiy-dengiz maktabida michman (eng quyi ofitser) vazifasini bajaradi, so‘ngra uch yillik ta’limni Bosh havo kuchlari akademiyasida yakunlaydi.

Ma’lumot uchun, malika Leonor oktabr oyida 18 yoshga to‘ladi. Ispaniyada bo‘lajak qirolicha harbiy amaliyot o‘tagan bo‘lishi va barcha parlament monarxiyalarida harbiy karyeraga ega bo‘lishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya malikasi uch yillik harbiy xizmatga yuborildi