date
views 612

Reznikov xavfli prognoz berdi: Urush og‘ir yo‘qotishlar bilan uzoq davom etishi mumkin

Reznikov xavfli prognoz berdi: Urush og‘ir yo‘qotishlar bilan uzoq davom etishi mumkin

Foto: “TASS”

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov urush hali uzoq davom etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Glavred” xabar berdi.

G‘alaba qozonish nafaqat o‘z yurtimizni ozod qilish, balki dushman hech qachon qaytishni xayoliga ham keltirmasligiga ishonch hosil qilish demakdir. Bu juda qiyin vazifa. Dunyoda ko‘pchilik buni imkonsiz deb hisoblaydi”, — dedi u.

Mudofaa vaziri Ukrainaning “kuchli va makkor dushmani” borligi, urush uzoq davom etishi mumkinligi, chunki bu haqiqiy marafon ekanini ta’kidladi.

Biz hali og‘ir yo‘qotishlarga duch kelamiz va ruslarni mag‘lub etishda g‘alaba uchun nima muhimligini tushunishimiz kerak”, — dedi Reznikov.

Shu bilan birga, u Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonishining kaliti nimaga bog‘liqligini tushuntirdi.

Uzoq masofadagi dushmandan ustunligimiz odamlarning o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq. Bu birdamlik va jangga tayyorlik”, — deya xulosa qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reznikov xavfli prognoz berdi: Urush og‘ir yo‘qotishlar bilan uzoq davom etishi mumkin