Urush boshlanganidan keyin Putinning yaxtasiga 3 mlrd rubl sarflandi

Urush boshlanganidan keyin Putinning yaxtasiga 3 mlrd rubl sarflandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush boshlanganidan keyin o‘z yaxtasini ta’mirlashga 3 milliard rubl sarfladi, deydi Aleksey Navalniy jamoasi. 22 avgust, seshanba kuni Navalniy saytida chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, boshqa shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, Vladimir Putinga tegishli bo‘lgan “Greyseful” superyaxtasining ta’mirlanishi Rossiya prezidentiga 3 milliard rublga tushgan.

Navalniy jamoasining ta’kidlashicha, Putinga tegishli bo‘lgan boshqa ikkita yaxta — “Shehrazada” va “Olimpiya”da bo‘lgani kabi “Greyseful”da ham Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ishlaydi, bu yaxtani Putin o‘sha hududlarda bo‘lib turgan vaqtda Rossiya portlarida bir necha bor ko‘rishgan.


Urush boshlanganidan keyin Putinning yaxtasiga 3 mlrd rubl sarflandi

Putinning eng qimmat yaxtasi “Shehrazada” Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli 2022-yilning may oyida Italiya portlaridan birida qo‘lga olingandi. Ammo urush boshlanishidan oldin Putin “Greyseful”ni Germaniyadagi ta’mir joyidan Rossiyaga qaytarib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Urush boshlanganidan keyin Putinning yaxtasiga 3 mlrd rubl sarflandi

Shundan so‘ng, yaxtani ta’mirlash Rossiyada davom etdi, deydi surishtiruv mualliflari. Ular havola qilgan hisob-kitoblar va loyihalarga ko‘ra, yaxtada boshqa narsalar qatorida vertolyot maydonchasi, pianino va televizorli dam olish xonasi, oziq-ovqat lifti, sport zali, raqs maydonchasi, kino zali va basseyn bor. Navalniy jamoasining qayd etishicha, uning katta qismi qayta tiklangan – ta’mirlash xarajatlari taxminan 3 milliard rubl yoki 32 million dollarni tashkil qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar