date
views 475

BRICS sammitida qo‘riqchilar yanglishib Si Szinpinning yordamchisini qo‘lga oldi

BRICS sammitida qo‘riqchilar yanglishib Si Szinpinning yordamchisini qo‘lga oldi

Foto: Getty Images

Xitoy rahbari Si Szinpin BRICS sammiti majlislar zaliga kirib kelayotganda uning ortidan kechikib yugurib kelayotgan yordamchisini qo‘riqchilar begona shaxs deb o‘ylab, to‘xtatib qolishdi. Ammo shunga qaramay u oldinga intilishda davom etganidan so‘ng qo‘riqchilar eshikni yopib, Xitoy rahbari yordamchisini qo‘lga olishdi.

Kutilmagan voqea blok rahbarlarining tadbirga kelishi paytida olingan videotasvirga tushib qolgan. Kadrlarda Si Szinpin ortga bir o‘girilib, keyin yana xotirjamlik bilan oldinga ketayotganini ko‘rish mumkin.

22—24 avgust kunlari Yoxannesburgda BRICS sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Bugungi kunda BRICS beshta davlatni birlashtiradi, ammo 23 ta davlat, jumladan Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi davlatlar iqtisodiy blokka qo‘shilish istagini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BRICS sammitida qo‘riqchilar yanglishib Si Szinpinning yordamchisini qo‘lga oldi