AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga bergan intervyusida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning ehtimoliy o‘limi haqidagi tafsilotlarni bilmasligini aytdi.
Jurnalistlarning samolyot halokatida Vladimir Putinni aybdor deb hisoblaysizmi, degan savoliga AQSH prezidenti shunday javob berdi:
Prigojinning samolyoti halokatga uchradi
23 avgust kuni kechqurun Tver viloyatida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot halokatga uchradi. Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatida Prigojin, xususiy harbiy kompaniya komandiri Dmitriy Utkin bor edi.
Guruhga yaqin bo‘lgan Grey Zone Telegram kanali Prigojin va Utkinning vafoti haqida xabar berdi. “Vagner”ga aloqador bo‘lgan boshqa kanal Prigojinning taqdiri haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni nashr etmaslikka chaqirdi.
Prigojin samolyotining halokati “Vagner” asoschisining isyonidan roppa-rosa ikki oy o‘tgach sodir bo‘ldi.
“Interfaks”ning yozishicha, Prigojinning biznes-jeti qulagan joyda qidiruv ishlari yakunlangan. 10 kishining jasadi topilgan.