date
views 508

Qirg‘izistonda qor yog‘di (video)

Qirg‘izistonda qor yog‘di (video)

Foto: Videodan kadr

Qirg‘izistonning Norin viloyatidagi Torugart dovonida birinchi qor yog‘di. Bu haqda Kaktus Media xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan olingan avgust oyidagi qorning videosi tarqalmoqda. Tabiat hodisasi qirg‘iz-xitoy chegarasi yaqinida kuzatilgan.

Qirg‘iziston gidromet 27 avgust kuni kunduzi va 28—29 avgust kunlari respublikada ob-havo keskin o‘zgarishini ma’lum qilgan. Mamlakatning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda qor yog‘di (video)