Qozog‘istonda Prezident administratsiyasi tuzilmasi qayta tashkil etildi

Qozog‘istonda Prezident administratsiyasi tuzilmasi qayta tashkil etildi

Foto: Google Images 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat rahbari administratsiyasini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra administratsiya rahbari o‘rinbosarlari lavozimlari tugatildi.

“Ushbu hujjatga muvofiq, Prezident administratsiyasining yangilangan tuzilmasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Prezident administratsiyasi rahbari;
  • xavfsizlik kengashi kotibi;
  • Prezident kanselyariyasi rahbari;
  • prezident yordamchilari;
  • prezident maslahatchilari;
  • Prezident administratsiyasi bo‘limlari”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, prezidentning ichki siyosat va kommunikatsiyalar, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, huquq, shuningdek, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yordamchilari lavozimlari tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar