Nikolay Valuev endi kichkintoylarga hayrli tun tilaydi


Sobiq sportchi, o‘ta og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi, Rossiya Gosdumasi deputati Nikolay Valuev endi bolalar ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘ladi. U "Instagram"dagi shaxsiy sahifasida "Hayrli tun, kichkintoylar!" ("Spokoynoy nochi, malыshi!") ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘lishini yozgan, deya xabar beradi mail.ru.
"Men bolaligimda sevimli ko‘rsatuvimning boshlovchisi bo‘lishimni xayolimga ham keltirmagan edim", - deb yozadi u.
1964 yildan boshlab efir yuzini ko‘rgan mazkur ko‘rsatuvni o‘z vaqtida eng taniqli kishilar olib borganlar. Endi ularning safi yana bittaga ko‘paydi.































Izohlar 0
…