Italiyaning Rim shahri yaqinida uyg‘onayotgan vulqonni aniqlashdi

Rim tevarak-atrofini o‘ragan Alban tog‘larida vulqon uyg‘onish arafasida. Uning halokatli ta’siri Vezuviy vulqoni bilan teng bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi mail.ru.
Geofiziklarning oldingi vulqon portlashidan qolgan jismlar yoshini aniqlash va mahalliy erning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarini o‘rganish vaqtida shunday hulosaga kelishdi. Vulqon 31 ming yillik ichki suyuqlik aylanish sikliga ega va u hozir qo‘zg‘alish arafasida
Geologlar tog‘larning ostida magma borligini bildiruvchi holat hisoblangan notabiiy ravishda ko‘tarilishni aniqlashdi. 200 ming yil ichida 50 metrga ko‘tarilgan bo‘lsa, hozirga kelib tog‘lar dengiz sathidan yiliga 2 millimetrdan ko‘tarilib bormoqda.
Vulqon otilgan holatda butun shahar kul bilan dimlanib qolish havfi mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing