date
views 283

O‘zbekistonliklarni AQSHga noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoq aniqlandi

O‘zbekistonliklarni AQSHga noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoq aniqlandi

Illustrativ foto: 1HD

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati O‘zbekistondan AQSHga odamlarni noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoqni aniqlashga va faoliyatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoqning kamida bir a’zosi xorijiy terrorchi tashkilot bilan aloqasi bo‘lgan. Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida AQSH rasmiylari kontrabanda tarmog‘idan foydalangan O‘zbekiston fuqarolarining terrorchilar bilan aloqadorligi yoki terakt rejalashtirganiga ishonmasligi aytilgan.

Bayonotda xorijiy terrorchi tashkilotining nomi aniq ko‘rsatilmagan, biroq AQSH rasmiysi Associated Press agentligiga bu ISHID ekanini bildirgan.

AQSH tarmoqning asosiy a’zolarini, jumladan, xorijiy terrorchilar bilan aloqador shaxsni qo‘lga olish uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilgan.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklarni AQSHga noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoq aniqlandi